SHARIFIY FILMS

Behruz al Sharifiy — Filmmaker & Director

01

Production
Director
Orqaga

O'zbekistonda travel video va syomka

Sayohat videosi joyning kayfiyatini ko'rsatishi kerak: yorug'lik, ritm, odamlar va tovush. Men travel yo'nalishida kinematografik roliklar suratga olaman: turistik manzillar, sayohat kompaniyalari, tur paketlar va shaxsiy sayohat hikoyalari uchun. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi joylarda ishlayman.

Kimga mos

Turistik kompaniyalar, hududlar va madaniy loyihalar, sayohat blogerlari, shuningdek o'z manzilini yaxshi ko'rsatmoqchi bo'lgan har kim uchun. Rolik ijtimoiy tarmoq, sayt va taqdimotlarda ishlaydi.

Travel loyihalarim

Jarayon

  1. 01

    G'oya va marshrut

    Hikoya, joylar va mavsumni belgilaymiz.

    1–2 kun
  2. 02

    Syomka

    Eng yaxshi yorug'likda: tong va quyosh botishi. Kerak bo'lsa dron bilan.

    1–5 kun
  3. 03

    Montaj va tovush

    Ritm, musiqa va tovush dizayni bilan montaj.

    5–7 kun
  4. 04

    Color va topshirish

    Color grading, tuzatishlar va tayyor fayllar.

    2–3 kun

Ko'p beriladigan savollar

Boshqa shaharlarga borib suratga olasizmi?

Ha, butun O'zbekiston bo'ylab. Yo'l va turar joy xarajatlari smetaga alohida qo'shiladi.

Dron bilan syomka qilasizmi?

Joyning ruxsat va xavfsizlik qoidalariga ko'ra, ha. Ruxsatnomalarni oldindan aniqlashtiramiz.

Narx nimaga bog'liq?

Syomka kunlari soni, manzillar, transport va montaj hajmiga. Brifdan keyin aniq smeta beraman.

Rolik qancha davom etadi?

Reels uchun 15–60 soniya, sayt va taqdimot uchun 1–3 daqiqa. Formatni birga tanlaymiz.

Mavsum muhimmi?

Ha: yorug'lik va rang mavsumga qarab o'zgaradi. Vazifaga mosini tanlashda yordam beraman.

Loyihangiz haqida qisqacha yozing

Qadam 01 / 03
Loyiha turi
Byudjet

Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan aloqa uchun ishlatiladi