











Men Behruz al Sharifiy — filmmaker va videografman. Commercial, travel, qisqa metrajli film va boshqa yo'nalishlarda ishlayman. Loyihalarimni Sharifiy Films nomi ostida qilaman.
3 yildan ortiq shu sohadaman. Sohani shogird bo'lib o'rganganman: 4 nafar ustozdan saboq olganman va hozir ham o'rganishda davom etyapman. Har bir yangi bilim keyingi loyihamda ko'rinadi. Shu vaqt ichida turli yo'nalishdagi ko'plab loyihalarda ishladim. Kuchli tomonlarim — montaj va operatorlik.
Menimcha, chiroyli tasvirning o'zi yetarli emas: kadr tomoshabinda his uyg'otishi kerak. Shuning uchun har bir loyihani g'oya va hikoyadan boshlayman, keyin kamera, yorug'lik va montajga o'taman. Maqsadim oddiy: brendingiz yoki hikoyangiz esda qolarli qilish.

Video bu ko'rinishda bloklangan. Pastdagi «Yangi oynada ochish» tugmasini bosing.
Video bu yerda ochilmadi. Pastdagi tugma orqali ko'ring.
24 soat ichida javob beramiz.